
Bankka pul qo'ymasdan bank schet tayyorlash sirlari
Kirish so’zi “Visamni yangilash uchun mendan bank schetda ko'rsatilgan pul oila a'zolarimdan kelganligi haqida isbot bo’luvchi hujjat talab qilindi. Lekin men Koreyaning o’zida tanishlarimdan qarz olib 1 kunlik bank schet tayyorlagan edim. Endi qanday qilib isbot ko’rsatsam bo’ladi?” — bu D2 visa yangilashda doim takrorlanib turadigan muammoli vaziyatlardan biri. Bu maqolada kasalni davolash emas, uning oldini olish haqida gaplashamiz. Ya’ni yuqoridagi vaziyatga tushmaslik uchun hozirdan boshlab qanday tayyorgarlik ko’rishingiz mumkinligi haqida. Qanday qilib bank schet yoki sponsor masalasida ortiqcha savol qoldirmaslik mumkin? Nega 1 kunlik bank schet tayyorlashning o’zi yechim emas? Bank schet so’ralmasligi uchun nimalar qilish kerak? Post oxirigacha shu savollarning barchasiga javob topasiz. D2 visada bo’lsangiz va xarajatlar uchun qonuniy kirimingiz bo’lmasa demak bu tavsiyalar siz uchun foydali. ...


