Voqea

Bakalavrni endi tamomlagan vaqtim. Ingliz tili fakultetida o’qiganman, IELTS ballim juda yaxshi. Koreyaga magistraturaga borish uchun hamma narsa yetarli, shunchaki hujjat topshirilsa bo’lgani. Aslida consulting ham shart emas, istalgan o’qishga o’zim topshirsam ham bemalol qabul qilinaman. Lekin, hujjatlarda xatolik bo’lmasin deb consulting xizmatidan foydalandim.


Xizmat narxi: 500$

To’g’risi afsuslanish hali o’qishga topshirmasdan boshlandi. Sababi men uchun hujjat tayyorlasin deb consulting yollasam, ular mening o’zimni yugurtirdi, hali tarjima, hali motivation letter.

Shu darajada mas’uliyatsizlik bilan ishladilarki, o’qish deadline o’tib ketayotganini men eslatib turdim. Ular “xavotir olmang” deb qutildi.

Xullas, so’ralgan hamma hujjatni tayyorladim va o’qishga jo’natildi. Application period ham yopildi. 1 hafta o’tib consulting menga bog’lanib, metrika (tug’ilganlik haqida guvohnoma) qolib ketganini va uni ham topshirish kerakligini aytdi. “Qabul vaqti tugadi-ku?” – “Xavotir olmang, ulguramiz”. Lekin, ulgurmadik…

Consulting natijalar chiqqunga qadar ham xotirjam. Men xavotirda. Bu o’rinli bo’ldi va meni qabul qilishmagan… Hattoki hujjatlarimni ko’rib chiqmagan, kamchilik borligi uchun. Judayam alam qildi. Pulga emas, yo’qotgan 6 oy umrimga achindim.

Ikkinchi urinish

Keyingi semestr yana boshqa consulting xizmatidan foydalandim. Lekin bu safar tajribam bor, yaxshilab suhbat qilib, keyin qabul qildim. Xizmat haqi ham ancha arzon — 2 mln so’m.

Bu safar hammasi boshqacha bo’ldi:

  • ko’proq universitetga hujjat topshirildi
  • hujjatlar hammasi ideal tayyorlandi
  • xizmat ham, muomala ham a’lo

Natija ham shunga munosib. Barcha o’qishlardan admission oldim va nihoyat Koreya sarguzashtlarimni boshladim.

Xulosa

O’tgan ishlar unut bo’ldi, lekin tajriba bir umrlik. Nomi consulting bo’lgan hammaga ham ishonish kerak emas. Biz ular uchun shunchaki mijoz, lekin ular qilgan xatolar biz uchun eng qimmatli vaqtimiz evaziga bo’lishi mumkin.